Plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi BAAni mag`lub etdi

08:08, 28 sentabr

Ayni kunlarda Vetnamning Danang shahrida plyaj sport turlari bo`yicha navbatdagi Osiyo o`yinlari davom etmoqda. O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur musobaqada ishtirok etayotgan plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi bugun o`zining ilk uchrashuvida BAA terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Gollarga boy va qiziqarli o`yinda jamoalar asosiy vaqtda 3:3 hisobida durang o`ynashdi. O`yindan keyingi penaltilar seriyasida esa, O`zbekiston terma jamoasi 2:0 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvda Jamoliddin Sharipov ikkita gol kiritgan bo`lsa, terma jamoaning yana bir goliga Feruz Faxriddinov mualliflik qildi.

Shu tariqa, Ahad Yusupov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston terma jamoasi guruhda muddatidan oldin birinchi o`rinni qo`lga kiritdi va keyingi bosqichiga yo`l oldi. Boisi, guruhning yana bir vakili Falastin terma jamoasi musobaqada ishtirok etmagan va O`zbekiston hamda BAA terma jamoalari chorak finalga yo`llanma olishdi.

O`zbekiston terma jamoasi keyingi bosqichda turnirning "D" guruhida ikkinchi o`rinni qo`lga kiritigan Afg`oniston terma jamoasiga qarshi o`ynaydi. Mazkur o`yin 29 sentyabr kuni bo`lib o`tadi.

Ma`lumot uchun, musobaqaning "A" guruhida Vetnam, Laos, Tailand jamoalari o`rin olgan bo`lishsa, B guruhida Ummon, Qatar hamda Livan terma jamoalari o`rin egallashgan. Turnirning so`nggi D guruhidan esa, Yaponiya, Xitoy hamda Afg`onsiton terma jamoalari o`rin olgan.

Plyaj sport turlari bo`yicha Osiyo o`yinlari

Plyaj futboli, “C” guruhi

O`zbekiston – BAA 3:3 (penaltilar seriyasi — 2:0).

Gollar: Jamoliddin Sharipov (2ta), Feruz Fahriddinov.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!