Isroil sobiq prezidenti Shimon Peres 93 yoshida vafot etdi

10:13, 28 sentabr

Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peres ikki hafta oldin boshdan kechirgan insultdan so`ng o`ziga kelmadi. 

Uning o`limi Tel xa-Shomerdagi “Shiba” tibbiyot markazi shifokorlari tomonidan qayd etildi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Shimon Peresning o`limi munosabati bilan chuqur ta`ziya izhor etdi.

AQSh prezidenti Barak Obama ham prezident o`limi munosabati bilan ta`ziya bildirdi va u bilan do`st ekanligini fahr bilan ta`kidladi. BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun o`z o`rnida Peres “Isroilning asos topishida uning o`rni beqiyosligini” ta`kidladi.

Ikki hafta oldin Peres insultni boshdan kechirdi. Shundan so`ng shifokorlar uni medikamentoz koma holatiga tushirishdi va o`pkani sun`iy havo oldirish apparatiga ulab qo`yishdi. Shifokorlar dastavval uning holati yaxshilanishidan umid qilishdi va uni o`ziga keltirishga harakat qilishdi, ammo seshanba kuni uning ahvoli yomonlashdi.

Belorussiya hududida tug`ilgan Shimon Peres ikki marta Isroil hukumatiga boshchilik qilgan. Peres o`ndan ortiq vazir lavozimlarini egallagan, ikki marta hukumatga rahbarlik qilgan, 2007—2014 yillarda mamlakat prezidenti bo`lgan. Peres falastinliklar bilan kelishuv imzolagani uchun 1994 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!