Britaniyalik fuqaro futbolchi Devid Bekxemga o`xshash uchun 25 ming dollar sarfladi

11:18, 28 sentabr

19 yoshli Jek Jonson taniqli futbolchi Devid Bekxemga o`xshash uchun 25 ming dollar pul sarflab, yuzini plastik operasiya qildirdi, deb yozadi “Vesti”. 

Jek iyak,yonoq va tishlari shaklini o`zgartirdi hamda turi rangini biroz oqartirdi. Biroq bu xatti-harakatlar uning Devidga o`xshashiga yordam bermadi. Operasiyalar kursini to`liq tamomlash uchun Jonsonga yana 30 ming dollar kerak bo`ladi. 

Jek hech qaerda ishlamaydi, ishsizlik nafaqasi hisobiga kun kechiradi. Muolajalarga pulni esa u do`stlaridan olib turadi. Jek bunday katta miqdordagi pulni qaerdan olishga bosh qotirmoqda.

Jonson hozir Devidga unchalik o`xshamasligini tan oladi, biroq tanlagan yo`lidan ortga qaytishni ham istamaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!