Xakerlar Bred Pittning o`limi haqidagi xabar ko`rinishida zararli virus ishlab chiqdi

12:40, 28 sentabr

Gollivud aktyorlari Bred Pitt va Anjelina Jolining ajrashishi rasman e`lon qilinganidan so`ng, xakerlar ham bu ma`lumotdan o`z manfaatlari yo`lida foydalanishga qaror qildi, deb yozadi “Vesti”. 

Gap shundaki, kiberfiribgarlar internet orqali aktyor Bred Pittning vafoti haqidagi yolg`on xabarni tarqatmoqda.  Bu xabar tagida esa zararli virus yashiringan. 

Xabarda go`yo Bred Pitt vafot etgani va bu haqdagi xabar Fox News telekanalida e`lon qilingani aytiladi. Xabarni ochgan internet foydalanuvchisining esa ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari xakerlar qo`liga o`tadi. 

Ma`lumot uchun, yulduzli juftlik 10 yil birga yashagan. Ularning olti nafar farzandlari bor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!