Yulduz Rajabovaning xafsalasini pir qilishdi

15:01, 28 sentabr

Aktrisa Yulduz Rajabova oq qoran bir-biridan ajratishni xanuzgacha o`rgana olmayotganini ma`lum qildi. Instagram ijtimoiy tarmog`idagi shaxsiy sahifasida yozib qoldirgan so`zlaridan esa aktrisani qattiq ranjitishganini anglash mumkin. 

“Ba`zida shunday bo`larkan...Hayot lazzatini bildim, oqni qoradan ajratishni o`rgandim, deb o`ylarkansan. Lekin yo`q, yo`q, aslo yo`q... Sizchi? Hayotda qilayotgan ishlaringizni taqsimlashni o`rgandingizmi? Men yo`q, o`rganmadim. Endi nimagadir ishonasan deysan-u, lekin odamlar... Biroq ruhan cho`kmaymiz, turamiz va harakatda davom etamiz”,—deb yozdi aktrisa.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!