Taniqli bokschi Rufat Risqievning oyog`i og`ir xastalikdan so`ng kesib tashlandi

15:42, 28 sentabr

O`zbekistonlik taniqli bokschi, jahon chempioni Rufat Risqievning oyog`i kesib tashlandi. Bu haqda boks murabbiyi Murat Ergashev Facebook’dagi sahifasi orqali ma`lum qildi, deb yozadi “Daryo”.

«Do`stlar, Toshkentdan qayg`uli xabar keldi. Bizning mashhur chempionimiz — Rufat Risqievning oyog`i venalar trombozining og`irlashishi tufayli amputasiya qilindi», — deyiladi xabarnomada.

Aytilishicha, ayni paytda «Toshkent yo`lbarsi» Toshkentdagi 16-shahar shifoxonasining jarrohlik bo`linmasi 5-palatasida davolanmoqda.

67 yoshli sobiq sportchi 1974 yili jahon chempionligi rutbasini qo`lga kiritgan, shuningdek, 1976 yilgi Monreal Olimpiadasi kumush medali sohibi hisoblanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!