Xitoyda ko`zsiz chaqaloq tug`ildi

15:54, 28 sentabr

Xitoyning Guanchjou shahrida ko`zlari yo`q chaqaloq tug`ildi, deb yozadi “Vesti”.

Chaqaloqning onasi homiladorlik paytida muntazam raqishda shifokorlar nazoratida bo`lgan. Undan hech qanday o`zgarishlar kuzatilmagan edi. Chaqaloq organizmidagi o`zgarishlar u tug`ilganidan keyingina sezildi. 

Shifokorlarning fikriga ko`ra, chaqaloq UTT tekshiruvi yordamida aniqlab bo`lmaydigan noyob kasallik bilan og`rigan. Kasallik anoftalm deb ataladi va ko`z qorachiqig`ining rivojlanmasligi bilan kechadi. 

Bunday kasallik tibbiyotda kam uchraydi, u nasldan-naslga o`tadi. 

Chaqaloq 20 sentyabr kuni tug`ilgan, biroq OAV bundan enligina xabar topdi. 

Ma`lum bo`lishicha, chaqaloqning boshqa a`zolari yaxshi rivojlangan. Uning ota-onasi hayriya jamg`armalaridan yordam so`ragan. Ular chaqaloqni o`zlari katta qilmoqchi. 

Avvalroq Xitoyda 31 barmoqli bola tug`ilgani ma`lum qilingan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!