O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi Ozarbayjon iste`molchilar ittifoqi bilan memorandum imzoladi

16:55, 28 sentabr

O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi delegasiyasi joriy yilning 22-26 sentyabr kunlari Ozarbayjon erkin iste`molchilar ittifoqi taklifiga muvofiq Boku shahrida bo`ldi. 

Tomonlar o`zaro axborot almashish, qo`shma loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, birgalikda uchrashuv, konferensiya, seminar va simpoziumlar, mutaxassis va delegasiyalarning o`zaro tashriflarini   tashkil qilish bo`yicha memorandum imzoladi.  

Ozarbayjonlik mutaxassislarga O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi faoliyati, mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida so`zlab berildi. 

O`zbekiston delegasiyasi a`zolari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi NNTni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash bo`yicha kengash, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Aksilmonopoliya siyosati va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish bo`yicha davlat xizmati hamda Nodavlat notijorat tashkilotlari forumida uchrashuvlar o`tkazdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!