EChL. “Manchester Siti” kutilmaganda ochko yo`qotdi, “Barselona” g`alabaga erishdi (Video)

08:57, 29 sentabr

Evropa chempionlar ligasi turnirining “S” guruhi 2-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Unda “Seltik” jamoasi “Manchester Siti” bilan, “Borussiya M” esa “Barselona” bilan kuch sinashdi.

“Manchester Siti” va “Seltik” o`rtasidagi o`yin gollarga boy bo`ldi va 3:3 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi. “Barselona” safarda “Borussiya M” mehmoni bo`lib, 2:1 hisobida irodali g`alabani qo`lga kiritdi.

SeltikManchester Siti 3:3 
Gollar: 1:0 – 3 Dembele, 1:1 – 11 Fernandino, 2:1 – 20, avtogol Sterling, 2:2 – 28 Sterling, 3:2 – 47 Dembele, 3:3 – 55 Nolito.
Seltik – Gordon, Ture, Tirni, Lyustig, Svyatchenko, Rogich (Armstrong, 57), Biton (Griffits, 84), Forrest (Roberts, 81), Braun, Sinkleyr, Dembele.
Manchester Siti – Bravo, Otamendi, Klishi (Stounz, 73), Sabaleta, Kolarov, Silva, Fernandino, Sterling, Gyundogan, Nolito (Fernando, 76), Aguero.

Borussiya MBarselona 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 34 Azar, 1:1 – 65 Turan, 1:2 – 73 Pike.
Borussiya M – Zommer, Elvedi, Kristensen, Vendt, Korb, Traore, Daud, Kramer, Azar (Xerrmann, 80), Raffael (Jonson, 48), Shtindl (Xan, 83).
Barselona – ter Stegen, Suares, Pike, Alba, Buskets, Maskerano, Rakitich (Turan, 59), Serji Roberto, Inesta, Neymar, Pako Alkaser (Rafinya, 54).
Ogohlantirishlar: Maskerano (63), Pike (70), Neymar (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!