Paxta yig`im-terimiga oid har qanday savol yuzasidan ishonch telefonlari tashkil qilindi

10:23, 29 sentabr

O`zbekistonning har bir fuqarosi o`z xohishiga ko`ra paxta yig`im-terimida ishtirok etishga haqli. Bu haqda ijtimoiy-mehnat qoidalari to`g`risida aholi xabardorligini oshirish bo`yicha Kasaba uyushmalari federasiyasi axborot kampaniyasida ma`lum qilindi.

Fuqarolar qulay mehnat sharoitlari (maishiy, gigienik va xavfsizlik bo`yicha)ga ega bo`lish hamda hech qanday qo`shimcha shartlarsiz paxta yig`im-terimida ishtirok etishdan voz kechish huquqiga ham ega, deyiladi targ`ibot materiallarida.

Federasiya matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, paxta yig`im-terimi va ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid har qanday savol yuzasidan 1092 va (71) 200−06−01 ishonch telefonlariga murojaat qilish mumkin.

O`zbekiston qonunchiligi majburiy va bolalar mehnatidan foydalanishni taqiqlaydi. Kasaba uyushmalari federasiyasi qoshidagi bolalar mehnati bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash olib borayotgan axborot kampaniyasi doirasida barcha hududlarda bolalar va majburiy mehnatga yo`l qo`ymaslik to`g`risida banner va posterlar joylashtirilib, flaerlar tarqatilmoqda. Bundan tashqari, vazirliklar, idora va tashkilotlarning mansabdor shaxslarini o`qitish uchun metodologik materiallar ishlab chiqildi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!