Andijonda bolalar va o`smirlar o`rtasida futbol turniri bo`lib o`tdi

11:12, 29 sentabr

1 oktyabr – O`zbekistonda ustozlar va murabbiylar kuni. Shu munosabat bilan “Andijon” futbol klubi tasarrufidagi “Bolalar va o`smirlar futbol maktabi”da 2006 yil va undan kichik yoshda bo`lgan bolalar ishtirokida turnir tashkil etildi.

Unda jami 14 ta jamoa g`oliblik uchun kurash olib bordi. “Bolalar va o`smirlar futbol maktabi”ning ushbu ichki musoqabasi bugun yakuniga etdi. Final ertalab soat 10:00 da boshlandi. Unda Islom Ahmedov boshchiligidagi “BO`FM” jamoasi Rafael Muslimov boshqaruvidagi “Arena” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Aytish kerakki, final uchrashuviga “Andijon” jamoasi ijrochi-direktori Sanjarbek Yakubekkov  va bosh murabbiy Orif Mamatkazin ham tashrif buyurib, bevosita stadionda kuzatib bordi. Qiziqarli va murosasiz kechgan final uchrashuvida “Arena” jamoasi 2:0 hisobida g`alaba qozonib, bosh sovrinni qo`lga kiritdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!