Metro uchun oylik yo`l chiptalari joriy qilindi

12:03, 29 sentabr

Toshkent shahar yo`lovchi tashish transportida shahrimiz axolisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida "Toshshahartransxizmat" AJ metroda foydalanish uchun oylik yo`l chiptalarini qayta joriy qildi. Bu haqda  "Toshshahartransxizmat" AJ  axborot xizmati xabar bermoqda.

 2016 yil 1 oktyabr kunidan  hozirda amalda bo`lgan oylik yo`l chiptalarining narxi quyidagicha:

- N (nafaqador va nogironlar uchun – avtobus) - 60 000 so`m
- T (talabalar uchun – avtobus) - 60 000 so`m 
- O` (o`quvchilar uchun – avtobus) - 60 000 so`m 
- AV (umumiy aholi uchun – avtobus) - 120 000 so`m

seriyalariga qo`shimcha ravishda avtobuslar va metroda foydalanish uchun joriy etilgan oylik yo`l chiptalarining narxi esa:

- NM (nafaqador va nogironlar uchun – avtobus va metro) - 83 000 so`m
- TM (talabalar uchun – avtobus va metro) - 83 000 so`m 
- O`M (o`quvchilar uchun – avtobus va metro) - 83 000 so`m 
- AVM (umumiy aholi uchun – avtobus va metro) - 166 000 so`m

 
Yangi turdagi oylik yo`l chiptalari 2016 yil 29 sentyabr kunidan sotuvga chiqarildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!