Sayyoramizning eng baxtli shahri (Foto)

12:06, 29 sentabr

Har birimiz barcha insonlar baxtiyor yashaydigan joyga borib qolishni orzu qilamiz.

AdMe.ru shunday shahar haqiqattan ham borligini ma`lum qildi! U nafaqat eng baxtli, balki juda ham go`zal.

Bu Seul — dunyoning eng baxtli shahri deb tan olingan Janubiy Koreyaning poytaxti. Bu erda tengsizlikning eng past ko`rsatkichi qayd etilgan, jinoyatchilik darajasi past, aholi kuchli sog`liq bilan ajralib turadi.

Ushbu xulosaga Arcadis loyiha-konsalting firmasi keldi. Seul aholisi 10 mln kishini tashkil qiladi.

So`nggi paytda Seul «aqlli shahar»ga aylanib bormoqda. Masalan, past daromadli aholiga internetdan foydalanish uchun avval ishlatilgan smart-uskunalarni bepul tarqatishni joriy qilgan.

Bu shaharning hamma erida yuqori texnologiyali ko`cha fonuslar va kuzatuv kameralari o`rnatilgan bo`lib, ular audio uzatish va shu orqali internetga chiqish imkonini beradi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!