Jazmanning xotindan farqi nimada?

12:29, 29 sentabr

"Shunday go`zal xotini bo`la turib, jazman orttirib olibdi", degan gapni ko`pchilik eshitgan bo`lsa kerak.
Nega erkaklar jazman orttirib oladi? Yonidagi turmush o`rtog`i ayol sifatida u jazmani oldida ming barobar ustunroq bo`lishi mumkin, lekin erkak o`sha boshqasini oldiga boraveradi. 
Albatta bunga ko`plab sabab bo`ladi, ularning orasidagi biri haqida gapirib o`tishni lozim deb topdik, deb yozadi “Uzbaby.uz”.

Turmushning ilk yillarida er-xotinning munosabatlari 10-15 yil birga yashagan er-xotinnikidan tubdan farq qiladi. Bunga asosan turmush, uy-yumushlari, farzandlarning katta bo`lishi, ularning muammolari va oilada bo`ladigan boshqa muammolar sabab bo`ladi. Undan tashqari turmushning ilk yillarida erkak va ayol orasidagi ehtiros kuchliroq bo`ladi, bu esa ko`p narsaga boshqa ko`z bilan qarashga undaydi.
Yillar o`tgan sari ayollarning eriga bo`lgan "talabi" ortib boraveradi. Agar oldin "Ishdan kelayotganingizda 2 dona muzqaymoq olib keling, birga eymiz" deb so`ragan bo`lsa, keyinchalik bu iltimosni o`rniga ayolning aptekadan dori, bolaga taglik, bozordan go`sht olib kelish, "chiroq o`chdi, to`lash kerak", "oshxonada suv oqmayapti", "bolamizning maktabiga borib kelish kerak" kabi "talab"lari ko`payib boradi. Turmushda bu tabiiy holat. Lekin ba`zi bo`shroq erkaklar bundan asta charchashni boshlaydilar. Ularga uyga kelganida muzqaymoq eb o`tirish yoqimliroqdek tuyuladi. Bunday erkaklar avallambor ma`suliyatdan qochadilar. Ana shu ma`suliyatsizlik uni jazman orttirishga undaydi.
Jazmaniga borsa qanday? Doim bayram! Hech kim nolimaydi. "Bolaga yangi kiyim olish kerak", deb ming`irini qilmaydi. Faqat ba`zida o`ziga bir muzqaymoq-sovg`a so`ralib turiladi, xolos. Bunda qandaydur romantik tuyg`u bor, erkakka yoqimli bir vaziyatdir. U jazmaniga sovg`a olib keladi, jazmani unga "minnatdorchiligini" ayamaydi. Uyda-chi? Uyda talablar tugamaydi-ku, chiroqqa har oy to`lash kerak, go`shtni har xafta olib kelish kerak, qo`shni bilan bir muammoni hal qilish kerak. Minnatdorchilik-chi? Deyarli sezilmaydi! Turmushda er-xotin oila uchun qilgan ishiga minnatdorchilik bildirmaydi-ku.
Shunday uy-yumushlaridan bezillab erkak jazmaniga boradi va u erda o`zini supererkakdek his qilib keladi. U erda u hech qanday muammoni hal qilmasa ham, qahramon bo`lib yuradi.
Yonidagi ayoli jazmaniga nisbatan qanchalik yoqimli, oqila, pazanda va go`zal ekanligini ko`rmay qoladi. Erkakka doim qahramon bo`lish hissi kerak. Uydagi yumushlaridan nolivurgan ayolini eshitib o`zini qahramon etib his eta olmagani uni bu uydan bu ayoldan bezillatib qo`yishi hech gap emas. Albatta kuchli erkak o`z ayoli uchun qahramon bo`la oladi. O`sha uy-yumushlarini ko`paygan sari hal eta olib haqiqiy qahramon bo`la oladi va bunga minnatdorchilik sifatida esa baxtiyor umr kechiradi, farzandlarini baxtu-kamolini ko`radi, bo`sh erkak esa osongina jazman orttirib uning "kichik" talablarini hal qilib o`zini qahramondek his etib yuraveradi.
Nailoj, eri bo`sh ekan deb ajralmaydiku. Ayol o`z erini uyida qahramon bo`lishiga unday olishi kerak.
Ishdan charchab kelganida gapni muammolardan emas, kun bo`yi yuz bergan, hatto yuz bermagan bo`lsa ham, to`qib chiqarilgan yaxshi yangiliklardan boshlash lozim;
Farzandlarning faqat yaxshi tomonlarini gapirish; 
Pul haqidagi gaplarni erkakning yaxshi kayfiyatida, qorni toq`ligida aytish;
Eri hal qila olmaydigan muammoni hal qilsa bo`ladigan davrgacha surib qo`yish;
Eriga yoqimsiz mavzularni aylanib o`tish;
Farzandlarning muammolaridan erkakni bezillatmaslik darkor, ko`payib ketsa, vaqt topib asta-sekinlik bilan aytish; 
Uy-yumushdagi muammolarni birma-bir sanab o`tmay, faqat bittasidan boshlash kerak. Hal qilingach ikkinchisiga o`tish lozim. Boshida bir turishda 10ta muammo bilan erkakni boshini og`rtimaslik;
Er ayolini talab va ehtiyojlarini qondirib muammolarini hal qilayotgan bo`lsa, albatta bunga urg`u berish. "Er o`z bo`ynidagi ma`suliyatni bajaryapti", deb emas, katta ish qilayotgandek bunga qarash kerak. Oilada erning qadri yuqori ekanligini his ettirish;
Oilada ham er-xotin bir-birlariga minnatdorchilik bildirishni o`rganishi kerak. Minnatdorchilik "Rahmat" so`zi bilan emas, shirin muomila, shirin ovqat, sayr, farzandlarning kulgusi ko`rinishida ham bo`lishi mumkin.
Hal qilingan uy-yumush muammolari qanchalik kichik bo`lmasin, ayol eriga u naqadar qiyin masalani hal eta olganini ko`rsata bilishi lozim. Ahir ayol ham ovqat pishirganida erkak maqtab eyishini istaydiku!
Ayol nimai qilsaki, eri oilada, turmushda, hatto to`shakda ham o`zini qahramondek his eta olishi kerak! 
Ahir erkaklar butun umr boladek. Ayollar esa avallambor onadir. Erkakni bir yo`ldan boshlab, boshini silab turish bu tabiat talabi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!