Anjelina Joli Bred Pittni “yo`q qilish”ni rejalashtirgan

14:08, 29 sentabr

Gollivud aktyorlari Bred Pitt va Anjelina Jolining ajrashishi haqida shu kungacha ko`p xabarlar e`lon qilindi. Bred Pittning o`zidan tortib, aktrisalar Marion Kottiyyar, Kortni Koks haqidagi ma`lumotlar shular jumlasidan.

Biroq ajrashish tashabbuskori Anjelina Jolining o`zi esa hozirda Malibu shahridagi ijara uyda bolalari bilan yashab, turmush o`rtog`ining qo`ng`iroqlariga javob bermayapti. 

G`arb OAVlarining ma`lumot berishicha, Joli Pittga qarshi reja ishlab chiqqan. Bu reja esa Pitni yo`q qilishga qaratilgan. Unga tuhmat qilish, uning obro`sini bir pul qilish va nihoyat uni yo`q qilish rejaning uzviy qismidir, deb yozadi "Segodnya" nashri.   

2013 yilda Anjelina Bredni yaxshi ota, deya ta`riflagan edi. Hozirgi kunga kelib esa Pitt farzandlari bilan shafqatsiz muomalada bo`lganlikda ayblanmoqda. 

“Enji haqiqatdan ham erini yo`q qilishga qaror qilgan. Agar Pitt Jolining farzandlarini bir o`zi tarbiyalash istagiga qarshilik qiladigan bo`lsa, bu reja amalga oshadi”,—deydi Joliga yaqin manba.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!