O`zbekistonning JCh–2018 saralashidagi raqibi Janubiy Koreya termasining hujumchisi 2 yillik harbiy xizmatga ketishi mumkin

15:01, 29 sentabr

Janubiy Koreya terma jamoasi hamda “Tottenxem” futbol klubining 24 yoshli hujumchisi Son Xin Min mamlakat qurolli kuchlari safida ikki yil harbiy xizmati o`tashi mumkin. Bu haqda iSport.ua xabar bermoqda.

Janubiy Koreyada harbiy xizmat hatto sportchilar uchun ham majburiy sanaladi. Istisno sifatida faqat xalqaro turnirlarda vataniga yordam bergan sportchilar harbiy xizmatdan ozod etiladi. Masalan, “Manchester Yunayted” jamoasining sobiq yarim himoyachisi Park Ji-Sung JCh–2002 turniri Janubiy Koreyaning yarim finalga qadar chiqishiga yordam bergan.

Son Xin Min esa Rio–2016 turnirida Janubiy Koreyaning katta natijaga erishishiga hissa qo`sha olmadi. Jamoa chorak finalgacha etib bordi, xolos. Futbolchi Osiyo o`yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etsagina harbiy xizmatdan ozod etilishi mumkin.

Bundan tashqari, Janubiy Koreyadagi prezidentlik saylovida muxolifat g`alaba qozonsa, ushbu qonun bekor qilinadi va Son Xin Min hech qanday natijaga erishmay turib harbiy xizmatdan ozod bo`ladi.

Ma`lumot uchun, joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi APLning 3 o`yinida 4 ta gol kiritdi. EChLning so`nggi o`yinida esa ikkita gol kiritdi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!