Farzandlarimizni o`zimiz yolg`onchi qilib tarbiyalayotganimizni bilarmidingiz?

15:22, 29 sentabr

Farzandlarimizni o`zimiz yolg`onchi qilib tarbiyalayotganimizni bilasizmi?! Qanday qilib deysizmi? Mana ko`ring:

Ushbu voqealar ota-onalarning o`zi bilmagan holda bolalariga yolg`on gapirishni o`rgatib qo`yishini ko`rsatib beradi. Bu xatolar esa bolalarga kelajakda muammolar keltirib chiqaradi!

HAYoTIY VOQEALARGA NAZAR SOLAMIZ:

BOLA AYBDOR EMAS

Katta farzandim 2,5 yosh bo`lganida men akvariumga kimdir termometr tushirib yuborganini ko`rdim. Uni o`g`lim qilgani aniq edi. Men undan so`radim: «Termometrni sen tushirib yubordingmi?». «Yo`q», – deya javob berdi u. Yuzidan aldayotgani bilinib turardi. «Nima qilib qo`yding?», – deb qayta so`radim men. «Men shunchaki tekshirmoqchiydim», – deb javob berdi u.

U aldadimi? YO`Q, shunchaki u vaziyatni boshqa ko`z bilan ko`rdi. U akvariumda nimanidir tekshirayotgan vaqtda termometr ichiga tushib ketgan. Muammo barataraf bo`lishi uchun akvariumga tegish kerakmasligini muhokama qilish etarli edi.

Ahir shu vaqtda uni yolg`onchilikda ayblab urishishimiz mumkin edi-ku, to`g`rimasmi.

Agar bola fantaziyasini ishga solib, qandaydir voqealar o`ylab topsa bu uning bolalik onlari uchun odatiy hol. Bu yolg`on emas, fantaziya. Agar bola qandaydir foyda olish uchun yoki jazodan qochish uchun yolg`on gapirsa, bu narsa ota-onani ogoh bo`lishga chorlaydi.

YoLG`ON TUHMAT

5 yoshli bolaning otasi uyda o`zining qayirma pichog`ini qidira turib, o`g`lini pichoqni olganlikda aybladi.

O`g`il ko`z yosh bilan hech narsada aybdor emasligini aytdi. Ota ishonmadi va o`g`liga jazo berib, uni kinoga olib bormadi.

Bir necha kun o`tgach ota pichog`ini topdi, ammo o`g`lining oldida kechirim so`rab o`tirmadi. To`g`rida, bolasining oldida obro`sini “to`kkisi” kelmagan...

Bola rost gapirganida uning gapiga hech kim ishonmadi. Ota-ona bilan doim rostgo`y bo`lishning nima keragi bor? Barbir jazolanadi-ku. Shu sababli keyin bola tasodifan nimanidir sindirib qo`yib, hech narsa bo`lmaganday ish tutadi va qilgan ishini ham yashiradi.

Bola rostini aytsa otasi jazolaydi, hunuk so`zlar aytib, uni haqoratlaydi. Shu sababli bola aldashni joiz deb topadi.

 «ONANGGA HECh NARSA AYTMAY QO`YaVERAMIZ»

7 yoshli qizaloqning shokoladga allergiyasi bor. Ammo...

....Ammo uning «mehribon» buvijonisi bor va u doimiy ravishda nabirasiga shokolad berib, “Onangga hech narsa aytmaymiz, bu ikkimizning sirimiz bo`lib qoladi!” deya ogohlantiradi.

Bunday sirlar nabira va buvi o`rtasida juda ko`p bo`ladi, ona esa bolani allergiyadan davolashda davom etaveradi...

Lekin qizaloq kundaligidan yomon olgan baholari sahifalarini yirtishni boshlaganida buvi bolalarning yolg`onchiligidan nolishni boshlaydi, vaholanki yolg`on gapirishga uning o`zi o`rgatganini hayoliga ham keltirmaydi.

Shu sababli yaxshisi bolaga har qanday holatda rostgo`y bo`lishni o`rgataylik, ularni rost gap uchun jazolamaylik, shundagina uning sizdan siri va yolg`oni bo`lmaydi!!!

ANA ShUNDAY XATOLAR QILIB QO`YaYoTGANINGIZNI SIZ HAM PAYQAGANMISIZ?

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!