Har bir ona farzandiga aytishi kerak bo`lgan 16 narsa

15:53, 29 sentabr

Buni albatta bilishimiz shart, bu farzandimiz bilan munosabatlarimiz mustahkam va mehrli bo`lishi uchun yana bir poydevor bo`ladi!

1. SEN MEN UChUN ENG MUHIMISAN.
Ular yuvilmagan idishlar, elektron pochta yoki internet orqali kelgan xabarlar kutib turishi mumkinligini bilishsin. Ular siz uchun muhim ekanliklarini bilishlari kerak.

2. MEN SENI SOG`INDIM.
Hatto 20 daqiqaga ajralgan bo`lsangiz ham, ularni quchoqlab ko`rishing. Ularga qanchalik yaqin bo`lishni istashingizni his etishsin.

3. BU IShNI NOTO`G`RI QILDING.
Ular xato qilishganda ayting. To`g`ri yo`l ko`rsatishga yordam bering. Bola qanday xato qilmasin, sizni unga nisbatan mehringiz so`nmasligini bilsin.

4. SEN HAMMASINI TO`G`RI QILDING.
Agar ular biror to`g`ri harakat amalga oshirgan bo`lsa, u bilan fahrlanishingizni ko`rsatishingiz kerak. Agar bola qo`llab quvvatlashingizni sezsa, doim sizni hursand qilishga harakat qiladi.

5. SEN BOShQAChASAN.
Ularning qanchalik boshqalardan farq qilishini ko`rsatishga harakat qiling. Ularning alohida harakterlarini e`tirof etishga harakat qiling, boshqalarning ham harakterini aniqlashni o`rgating. Bu kelgusida ularga foydali bo`lgan narsa sanaladi.

6. YIG`LASh – BU NORMAL HOLAT.
Bolalaringizning hislarini yashirmayotgani uchun taqdirlang. Odamlar ko`ngli og`riganda, yolg`iz bo`lganda va ba`zida baxtli bo`lganda ham yig`laydi. O`z hislarini bo`lishishni o`rgating.

7. KO`Z YoShLARINGNI ARTIB OL.
Ba`zida ular ko`z yoshlarni artib, oldinga harakat qilish lozimligini bilishlari kerak. «Agar hayotingizda quyosh yo`qolib qolgani uchun yig`layotgan bo`lsangiz, ularni tezroq arting, aks holda ular oyni va yulduzlarni ko`rishga halal beradi». Ularga shu oddiy haqiqatni tushuntiring.

8. MENGA YoRDAM BERA OLASANMI?
Bolalaringiz sizning tashvishlaringiz ko`pligini, ayrim ishlarda  charchab qolyotganingizni ko`rishsin. Sizga o`z yordamlarini taklif qilishsin.

9. SENGA YoRDAM KERAKMI?
Yordam berishdan oldin har doim avval so`rab ko`ring. Erkinlik muammoni echimini izlashda paydo bo`ladi. Agar farzandingiz nimanidir uddalay olmasa unga to`g`ri yo`l ko`rsating.

10. HA.
Hech bo`lmasa bir kunda bir marta ular sizdan biror narsani birga qilishni istashsa hech ikkilanmay “ha” deb ayting.

11. YO`Q.
Qaysidir joylarda ularning fikrlari yoki harakatlaridan norozi bo`lishingizni bilishlari kerak. Bu qaysarlik yoki charchoq bilan aytilgan “yo`q” bo`lmasin. Qaroringizni tushuntiring.

12. SEN MOLODESSAN.
Farzandingizni judayam harakat qilib, nimanidir uddalay olmasa ham uni ko`nglini ko`taring. Kichik g`alabalardan katta omad vujudga keladi. Ularni omadli bo`lishga undang.

13. ATROFDAGILARGA MEHRLI BO`L.
Ularga yaxshi narsalar yaxshi insonlar bilan bo`lishini eslating. Ha bu dunyo murakkab, ammo odamlarga mehr bilan mnosabat qiladiganlar kulfatlarni engilroq boshdan kechiradi.Ularning kelajagini engillashtiring.

14. KEChIR.
Nohaqligingizni bilsangiz, tan oling va kechirim so`rang. Bu bilan kerak paytda yon bosish kerakligi borasida namuna bo`lasiz.

15. MENGA KO`PROQ NARSA AYTIB BER.
Savollar bering, ularning ko`zlariga qarab tinglashga va tushunishga harakat qiling.

16. SENI YaXShI KO`RAMAN.
Bu so`zlarni har kun ovoz chiqarib ayting. Ularga bu so`zlarni har kun ayting. Farzandingiz unga nisbatan muhabbatingiz cheksizligini bilishi shart.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!