O`zbekiston termasining JCh–2018dagi raqibi Qatar yangi bosh murabbiyni tanishtirdi

16:21, 29 sentabr

O`zbekiston terma jamoasining JCh–2018 yo`lidagi raqibi Qatar Xorxe Fossatini mamlakat terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar berdi.

Bungacha Qatarning "Al-Rayyan" klubini boshqargan 63 yoshli urugvaylik mutaxassis endilikda Qatar terma jamoasida ishlaydi. Eslatib o`tamiz, terma jamoani boshqarib kelgan urugvaylik yana bir mutaxassis Xose Karreno JCh-2018 3-bosqichi dastlabki ikki turida mag`lubiyatga uchragandan so`ng iste`foga chiqarilgan edi.

Ma`lumot uchun, Xorxe Fossati Qatar mamlakatida bungacha bir necha bor muafaqqaiyatli mavsumlar o`tkazgan. Jumladan, "Al Saad" klubi bilan 2006-2007 yilgi mavsumda Qatar chempioni bo`lgan. Qatar chempionatining so`nggi mavsumida esa, "Al Rayan" klubi bilan mamlakat chempionligini qo`lga kiritdi. Xorxe Fossati, shuningdek, BAAning "Al Ayn", Saudiya Arabistonining "Al Shabob" klublarida ham faoliyati olib borgan. Ta`kidlash joiz, Fossati 2007-2008 yillarda ham Qatar terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlgan va jamoani bir yil davomida boshqargan edi.

Eslatib o`tamiz, Qatar terma jamoasi o`zining navbatdagi rasmiy o`yinlarida 6 hamda 11 oktyabr kunlari JCh-2018 3-saralash bosqichi doirasida maydonga tushadi. Terma jamoa 6 oktyabr kuni safarda Janubiy Koreya terma jamoasi mehmoni bo`lsa, 11 oktyabr kuni o`z maydonida Suriya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!