Ushbu kompaniya xodimlarga ta`tilni istalgan erda o`tkazishi uchun $2000 to`laydi

16:23, 29 sentabr

SteelHouse marketing kompaniyasi direktori Mark Duglas (Mark Douglas) xodimlarining ishchanlik salohiyatini oshirishning o`ziga xos usulini o`ylab topdi va bu usul samara berishini qayd etdi.

U har yili xodimlari mehnat ta`tiliga chiqqanida istalgan joyiga borib dam olishlari uchun bonus to`lashga qaror qildi. Bonus ham kichkina emas, naqd 2000 AQSh dollar. 

Boshqacha qilib aytganda, xodim kompaniya hisobidan istalgan joyiga borib dam olib kelishi kerak. Ushbu pullarni naqd pul shaklida olishni, dam olishga sarflagisi kelmaganlar ham topildi. Ammo Mark o`z fikrida qat`iy turib oldi “Mening maqsadim xodimlarim dam olish vaqtlarida biror erda dam olib kelishlaridir”, — deydi u.

Natijalar ajoyib. So`nggi uch yilda 250 nafar xodimdan uch yil ichida bor yo`g`i besh nafari kompaniyani shaxsiy sharoitlarga ko`ra tark etishdi. Aniqlanishicha “bonusli” ta`tildan so`ng odamlar yangi kuch bilan qaytib, yil davomida sermahsul ishlashadi.

Mark Duglas boshqa tashkilotlarga ham bu tajribani qo`llashni tavsiya etadi. G`oya avvaliga biroz g`alati va ish beruvchi uchun qo`rqinchli tuyulsa ham uning asl mohiyatiga nazar solinsa qanchalik omadli ekanligini anglasa bo`ladi.

“Xodimlarga shunchaki ta`til uchun muhlat bermasdan, dam olishiga imkoni tug`dirib berish lozim”, deydi u.

Darvoqe, Mark ushbu bonus pullarni faqat xodimning dam olishga biror erga ketishi uchun taqdim etadi, shunchaki pulni tejab qolishni istagshanlarga esa, “Tanlash huquqi o`zingizda –2000 dollarni olib dam olgani ketasiz yoki bu pullar kuyadi.”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!