Ronalduning shaxsiy samolyoti avariyaga uchradi

18:32, 29 sentabr

Portugaliya terma jamoasi hamda “Real Madrid” klubi etakchisi Krishtianu Ronalduning Gulfstream G200 rusumli shaxsiy samolyoti avariyaga uchradi. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashriga tayanib, Championat.com xabar bermoqda.

31 yoshli futbolchining samolyoti Barselonadagi El-Prat aeroportida qo`nish vaqtida avariyaga uchragani aytilmoqda. Havo kemasi bortida bo`lgan yo`lovchilar jarohat olmagan. Ronalduning o`zi esa uning ichida bo`lmagan.

Manbaning ta`kidlashicha, samolyotga jiddiy zarar etkazilgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!