Evropa Ligasi. Odil Ahmedov to`p surayotgan “Krasnodar” yirik g`alabaga erishdi (Video)

08:38, 30 sentabr

Evropa Ligasi turnirining 2-turida O`zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to`p surayotgan “Krasnodar” klubi o`z maydonida “Nissa” futbolchilarini qabul qildi.

Qiziqarli va gollarga boy kechgan o`yinda “Krasnodar” 5:2 hisobida zafar quchib, qatorasiga ikkinchi g`alabasini qo`lga kiritdi. Ta`kidlash kerakki, Odil Ahmedov ushbu o`yinda 59 daqiqa maydonda harakat qilib, o`z o`rnini Gazinskiyga bo`shatib berdi.

Krasnodar (Rossiya)Nissa (Fransiya) 5:2
Gollar:   1:0 – 22 Smolov, 2:0 – 33 Joaozino, 2:1 – 42 Balotelli, 3:1 – 65, penalti Joaozino, 3:2 – 71 Sipren, 4:2 – 86 Ari, 5:2 – 90 Ari. 
Krasnodar – Krisyuk, Naldo, Grankvist, Enjeychik, Torbinskiy, Kabore, Odil Ahmedov (Gazinskiy, 59), Podberezkin (Laborde, 74), Kuassi, Joaozino, Smolov (Ari, 29).
Nissa – Kardinal, Dante, Bess, Sarr, Dalbert (Sipren, 66), Esserik, Seri, Belxanda, Kozello (Valter, 79), Rikardu Pereyra, Balotelli (Plea, 46).
Ogohlantirishlar:  Seri (45), Naldo (50), Grankvist (55), Bess (64), Kardinal (69), Ari (86).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!