OFK rahbari O`FF prezidenti Mirabror Usmonovni davlat mukofoti bilan tabrikladi

11:45, 30 sentabr

OFK prezidenti Shayx Salmon Ibrohim ol-Xalifa O`zbekiston Futbol Federasiyasi prezidenti Mirabror Usmonovni O`zbekiston Prezidenti farmoni asosida “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi” davlat mukofotiga sazovor bo`lganligi bilan tabrikladi.

O`FF prezidentiga yo`llangan tabriknomada OFK rahbari Mirabror Usmonovni Osiyo futboli va sportining rivojiga qo`shayotgan hissasini alohida mavzu qilib oladi.

"Sizni “Xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi” davlat mukofoti bilan tabriklab, eng yaxshi tilaklarimni izhor etaman. Bu sizning O`zbekiston futboli rivoji, shu qatori uning jahonda tan olinishi yo`lida qilayotgan ulkan mehnatingiz uchun berilgan munosib bahodir”, deb yoziladi tabrikda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!