Bangladeshda ko`rinishi 80 yoshli cholni eslatuvchi chaqaloq tug`ildi(Video)

11:58, 30 sentabr

Bangladeshdagi tug`ruqxonalardan birida tashqi ko`rinishi 80 yoshli cholni eslatuvchi chaqaloq tug`ildi, deb xabar beradi “Vesti”. 

Mazkur holat barchani hayratga soldi. Chaqaloqning yuz qismi ajinlar bilan qoplangan, ko`zlari osilib qolgan, tanasi esa qurishgan. Shifokorlar unga "progeriya" tashxisini qo`ydi. Bu juda kam uchraydigan kasallik bo`lib, u organizmning barvaqt qarishi bilan kechadi. 

Chaqaloqning ota-onasi o`g`il farzand ko`rishganidan mamnun va ularni farzandlarining tashqi ko`rinishi xavotirga solmayapti. 

Bolaning otasi u farzandini qanday bo`lsa shundayligicha qabul qilishini ta`kidladi. Hozirgi kunda ularnikiga har kuni o`nlab odamlar chaqaloqni ko`rish uchun kelmoqda. 

Shifokorlar ayni damda bolaning hayotiga hech narsa xavf solmayotganini ma`lum qildi. Biroq uning keyingi hayoti qanday kechishi haqida hech narsa aytilmayapti. 

Avvalroq Xitoyda ko`zsiz chaqaloq tug`ilgani haqida xabar berilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!