Caudiya malikasi parijlik yigitni nojo`ya xatti-harakati uchun oyog`ini o`pishga majbur qildi

15:04, 30 sentabr

Saudiya Arabistoni malikasi Parij shahrida mazkur shaharda yashovchi yigitni oyoqlarini o`pishga majbur qildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Ma`lum bo`lishicha, parijlik yigit rassom va dekorator bo`lib ishlaydi. Mazkur hodisa Fosh ko`chasida yuz bergan. 

Ismi sir saqlanayotgan rassom malika yashayotgan uyni tashqi tomondan suratga tushirgan. Suratlar uning ishi uchun zarur bo`lgan. Buni ko`rgan malika Feysal ya`ni sobiq qirol Xolid ibn Abdul-Aziz Al Saudning qizi rassom bu suratlarni OAVga sotish uchun tushiryapti deb o`yladi.  

U o`z tansoqchilariga erkakni qo`l va oyoqlarini bog`lab, uning qo`lidan ish qurollarini olib qo`yishni buyurdi. Bundan so`ng esa parijlik yigitni oyoqlarini o`pishga majbur qildi. 

Bundan g`azab otiga mingan rassom polisiyaga murojaat qildi va kompensasiya tariqasida 20 ming evro talab qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!