O`zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov “Krasnodar”safida jarohat oldi

16:19, 30 sentabr

Rossiyaning “Krasnodar” klubida to`p surayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov “Nissa”ga qarshi (5:2) Evropa Ligasi 2-turida jarohat oldi. Bu haqda “Championat.com” nashri xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, o`zbekistonlik futbolchi jarohati tufayli 59-daqiqada zaxiraga olinishni so`radi. “Krasnodar” bosh murabbiyining aytishicha, Ahmedovda charchoq alomatlari sezilgan. Uning safga qaytish muddati tez orada ma`lum bo`ladi.

Bundan tashqari, “Krasnodar” hujumchisi Fyodor Smolov ham jarohatlangan. Uning ham maydonga qachon qaytishi hozircha noma`lum. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!