Nigina Abduraimova “Tashkent Open –2016” turnirining yarim finaliga chiqdi

13:32, 01 oktabr

O`zbekistonlik tennischi Nigina Abduraimova poytaxtimizda davom etayotgan “Tashkent Open –2016” xalqaro turnirining juftlik bahslarida yaponiyalik Xiroko Kuvata bilan yarim final yo`llanmasini qo`lga kiritdi.

O`zAning xabar berishicha, nufuzli turnirning birinchi davrasida Nigina va Xiroko polshalik Katarijan Piter va ispaniyalik Silviya Soler-Espinosani 7:5, 7:5 hisobida, chorak finalda ukrainalik Lyudmila va Nadya Kichenoklarni 6:4, 6:4 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

N.Abduraimova va X.Kuvata turnirning yarim final uchrashuvida gollandiyalik Demi Shuurs hamda chexiyalik Renata Voratsovaga qarshi kortga chiqadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!