Angliyalik futbolchi Ronalduning darajasiga etmoqchi

07:56, 02 oktabr

Angliya yoshlar termasi, asosiy terma jamoa va “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Markus Reshford portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu darajasiga etishish istagi bor ekanini aytdi.

“So`nggi yillarda Ronaldu barcha uchun namuna bo`lib kelmoqda. U qaerda o`ynamasin, jamoa muvaffaqiyatiga hissa qo`shadi, raqiblar esa undan qo`rqadi. 

Men ham Ronaldu singari etuk futbolchi bo`lib, uning darajasiga etishni istayman. 2007/08 yilgi mavsumda Ronaldu va Runi dueti ajoyib o`yin ko`rsatgandi. Men doim ularning o`yinlarini kuzatib kelganman”, – dedi Reshford.

Joriy mavsumda Markus Reshford APLning 4 o`yinida maydonga tushib, 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!