Neymar o`z vatani hukumatini sudga berdi

19:34, 02 oktabr

Braziliya terma jamoasi hamda “Barselona” klubi hujumchisi Neymar mamlakat hukumatini sudga berdi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “Sport-Eksrpess” xabar bermoqda.

24 yoshli futbolchi uning soliq to`lamaslik yuzasidan o`tkazilgan surishtiruv ishlaridan olingan ma`lumotlarning tarqalishidan so`ng bundan qarorga kelgan.

Avvalroq Neymar “Barselona”ga o`tish chog`ida DIS fondiga transferning 40 foizini to`lashi kerak edi. Shunga qaramay, u bu ishlarda aybdor emasligini bir necha bor ta`kidlagan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!