Viktoriya Bekxemdan 8 go`zallik qoidasi

09:36, 03 oktabr

1.     Ko`zoynak. Har kuni o`zingiz uchun yaratilgan obrazni yanayam zamonaviy ko`rsatish uchun ko`zoynaklarsiz ko`chaga chiqmang.

2.     Jinsi shim. Agar bir necha hil jinsi shimlar sotib olishga ilojingiz bo`lmasa bir dona to`q ko`k yoki qora jinsi, albatta, garderobingizda bo`lsin. Bu turdagi shim barcha kiyimlaringizga mos keladi.

3.     Aksesuarlar. Har bir ayol garderobida bir necha hil sumkalar bo`lishi kerak. Hatto, juda oddiy kiyingan bo`lsangiz  ham qo`lingizda yorqin rangdagi sumka bo`lsin. 

4.     Baletkalar. Hozirgi paytga kelib, baland poshnali tuflilar o`rnini oddiy va qulay baletkalar egallamoqda. Baletkalarni hatto to`y ko`ylaklari bilan ham moslashtirib kiyishmoqda. Faqat baland poshnali tuflilargina ayolni dilbar ko`rsatadi, degan gaplarga ishonmang.

5.     Har doim vaziyatga qarab kiyining.

6.     Me`yorni aslo unutmang. Agar kaltaroq  yubka kiysangiz,  albatta,  englari uzun kofta tanlang.

7.     Qora va oq ranglar uyg`unligi sizni bir vaqtning o`zida jiddiy, savlatli va maftunkor qilib ko`rsatadi.

8.     Minimalizm. Kam taqinchoqlar taqsangiz oddiy, ko`rimsiz bo`lib qolaman, deb o`ylamang. Bor-yo`g`i bitta kamar ham sizni juda bashang va orasta ko`rsatishi mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!