Osiyoning 2 karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov 34 yoshga to`ldi!

09:40, 03 oktabr

O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi, “Lokomotiv” futbol klubining yarim himoyachisi Server Jeparov bugun, 3 oktyabr kuni 34 yoshga to`ldi.

Jeparov 2008 va 2011 yillardagi Osiyoning ikki karrra eng yaxshi futbolchisi, 2008 va 2010 yillarda esa O`zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Tajribali yarim himoyachi indivudial mukofotlardan tashqari 7 marta O`zbekiston chempioni (2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2008, 2009) va 6 marta O`zbekiston Kubogi (2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2008) sohibi bo`lgan. 2007 yilda esa “Paxtakor” safida Hamdo`stlik Kubogi g`olibi bo`lgan.

2010 yilda yarim himoyachi Janubiy Koreya chempionati va Kubogi sohibi bo`lgan.

O`zbekiston milliy terma jamoasi safida 2002 yildan buyon to`p tepib kelayotgan Jeparov 117 o`yinda maydonga tushib, 25 ta gol kiritgan.

Jeparov yorqin faoliyati faoliyati davomida “Navbahor”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Seul” (Janubiy Koreya), “Al-Shabob” (S.Arabistoni) va “Seongam” (Janubiy Koreya) klublarida to`p surgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!