«Vazn ortishi yolg`izlikdanmi?»

10:11, 03 oktabr

— Yoshim 26 da. To`rt yil oldin ajrashganman. Kundan – kun vaznim ortib borayapti. Tanishlarim, bu jinsiy gormonlar holatidagi o`zgarishlardan deyishayapti. Haqiqatan ham shundaymi?

K.U.

Oliy toifali akusher-ginekolog Nilufar BO`STONOVA javob beradi:

— Tana vaznining ortishi jinsiy hayot bilan bog`liq emas. Agar gormonal holat o`zgarishlariga taxmin qilayotgan bo`lsangiz, endokrinolog shifokorga uchrashib, zarur tahlillarni amalga oshirishingiz mumkin. Ko`pincha, ajrashgan, hozirda yolg`iz yashayotgan ayollar o`zlaridagi ruhiy muammolar, vazn bilan bog`liq o`zgarishlarni jinsiy hayot tarziga daxldor deb o`ylashadi. Aslida esa vazn ortishi tamoman boshqa mavzu. Agar yuqorida tilga olingan gormonlar tahlilida jiddiy o`zgarish bo`lmasa, kun tartibingizni qayta ko`rib chiqing. Taomnomaga e`tibor bering, jismoniy mashqlarni ham unutmang. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!