Lazzatli va betakror pissalar

10:32, 03 oktabr

Kim aytdi pissani uyda tayyorlab bo`lmaydi deb?!

Piss, bu — italyancha pirog. Uni tayyorlash murakkab emas. Buning uchun siz xamirini qilishni o`rgansangiz bas. Keyin o`zingiz xohlagan mahsulotlarni solib, pishirishingiz mumkin.

Xamirini tayyorlash uchun: 350 gr. un, 250 ml. qaynatilgan suv, 1 osh qoshiqdan shakar va zaytun yog`i, yarim choy qoshiq xamirturush, tuz.

1. Xamirturush va shakarni 4 osh qoshiq qaynatilgan suv bilan aralashtiring. 15 daqiqa tindirib qo`ying. Un bilan tuzni aralashtirib, o`rtaga uying. Zaytun yog`i, xamirturushli aralashma va qolgan suvni soling. Qoshiq bilan xamirni aralashtiring. Xamirni oshtaxta ustiga qo`yib, un sepib 5 daqiqa qoring. Tog`oraga solib, sochiq yopib, 30 daqiqa tindiring. Tindirish davomida 2 marta qoring.

2. Tindirilgan xamirni yana bir marta qorib, qo`l yordamida cho`zing. Qizdirilgan tovaga soling. Xamir qalinligi 6 mm. bo`lishi kerak. O`rtasini qo`lingiz bilan bosib chiqing.

«Margarita»

Ichiga solishga: 300 gr. o`z sharbatiga pamidor, 2 bo`lak sarimsoq piyoz, 100 gr. yumshoq pishloq, quritilgan rayhon va tomat, 1 osh qoshiq zaytun yog`i, tuz, murch.

1. Pamidor, maydalangan sarimsoq piyoz, rayhonni zaytun yog`ida qovuring. Tuz, murch seping. 20 daqiqa qovurgach, tomat qo`shing. Keyin sovuting.

2. Pamidorli qaylani quyib, ustidan qirg`ichdan o`tkazilgan pishloq solib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga qo`ying.

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 45 daqiqa

 

«Oltin quyosh»

Ichiga solishga: 4 dona qaynatilgan tuxum, 2 tadan pamidor va tuzlangan bodring, 200 grammdan pishloq, kolbasa va qo`ziqorin, 1 bosh qizil piyoz, mayonez, ketchup, tuz.

1. Pissa xamirining yuziga ketchup va mayonez surting.

2. Qaynatilgan tuxum, kolbasa va tuzlangan bodringni aylana shaklida to`g`rang.

3. O`simlik yog`ida aylana shaklida to`g`ralgan qo`ziqorinlarni 40 daqiqa davomida qovuring. Pissa xamirining o`rtasiga kolbasa, keyin tuxum, qo`ziqorin va bodringni taxlab qo`yib chiqing. Ustidan aylana shaklida to`g`ralgan pamidorni ham joylashtirib chiqing. Mayonez va ketchup surting. Ustidan halqalanagan qizil piyoz va  qirg`ichdan o`tkazilgan pishloqni terib chiqing.

200 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqada tayyor bo`ladi.

Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 30 daqiqa

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!