Uy bekalari eng ko`p yo`l qo`yadigan 4 xato

10:37, 03 oktabr

1. Tashqi ko`rinishga e`tibor bermaslik — uy bekalarining eng ko`p yo`l qo`yadigan xatosi. Ular «uydaman-ku baribir» degan fikrda o`zlariga e`tibor bermay qo`yishadi. Natijada turmush o`rtog`i uchun ham chiroyli ko`rinishi, yaxshi kayfiyatda bo`lishi kerakligini unutib qo`yishadi. O`z navbatida er ishdan qaytgach, ayol uni ostonada zerikkan, horg`in, sochlariyu kiyimlari tuzigan holda kutib olsa, shundog`am ishxonadagi tashvishlardan horib qaytgan erning hafsalasi pir bo`ladi. Shuning uchun hatto eringiz uyda emas, ishda bo`lsa ham va u bilan faqat kechqurun ko`rishsangiz ham bu o`zingizga nisbatan bee`tiborligingizga sabab bo`lolmaydi.

2. Uydagi muammolar. Shunday vaziyatlar bo`ladiki, hech ish qilmasdan, divanda cho`zilib yotgingiz keladi. Agar bu «odat»ni engmoqchi bo`lsangiz, hafta kunlarini rejalashtirib oling. Masalan, dushanba kuni uy tozalashingiz, seshanbada dam olishingiz, chorshanbada kir yuvishingiz mumkin va hokazo. Bu dangasalikka chalinib qolmaslik uchun turtki bo`ladi. Eng muhimi, uyingizda doim saranjom-sarishtalik hukm sursa, bo`lgani. Aks holda turmush o`rtog`ingiz nega uyda o`tirganingizu, kun bo`yi nima qilishingizga tushunolmaydi. Natijada bu janjalu kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

3. Oshxona. Aytaylik, shu paytgacha ishlardingiz-u, endi uy bekasi bo`ldingiz. Mana endi oshxonada nimalarga qodirligingizni ko`rsatib qo`yish fursati etdi. Turfa xil taomlar bilan sevgilingizni xursand qiling. Faqat oshxona saranjomligi ham e`tiborsiz qolmasin.

4. Bekorchilik. Vaqtni bekor o`tkazmang. Biror foydali yumush bilan band bo`ling yoki o`zingiz qiziqqan, ammo ilgari vaqt topolmagan ishni boshlang. Barcha yumushlarni bajarib qo`yib, nima qilishni bilmay zerikib o`tirsangiz, kosmetik muolajalarni amalga oshiring. Juftingizning ishdan qaytishiga hozirlik ko`ring. Uni go`zal holda kutib oling. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!