G`ayrat Usmonovni fikridan qaytarishdi

10:52, 03 oktabr

Iste`dodli ijodkor G`ayrat Usmonovning bu yil konsert berish niyati yo`q edi. Ammo tashkilotchilarning taklifi va albatta, aziz muxlislarining iltimosini inobatga olib, bu fikrdan qaytdi. 

Xonanda 8 oktyabr kuni “Istiqlol” san`at saroyida “Qalbimdasizlar” nomli yakkaxon dasturini taqdim etadi. Dastur repertuaridan 22 ta qo`shiq o`rin olgan bo`lib, aksariyatini yangi taronalar tashkil etadi.

– Konsert bor yo`g`i bir kun. Ammo unda muxlislar sog`inchini qondira oladigan mehr bor. Shu bois ham uni “Qalbimdasizlar” deb nomladik, - deydi xonanda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!