Oyoqdagi qadoqlar azob bersa…

11:10, 03 oktabr

— Oyog`imda qadoqlar bor. Yurganimda tuflimga qadalib, azob beradi. Ularni qanday yo`qotish mumkin?

Lola Samandarova, Jizzax shahri

Sa`dulla SOIPOV, tibbiyot fanlari nomzodi, dermatolog: — Aslida oyoqdagi qadoq noqulay yoki juda tor poyabzal kiyish natijasida hosil bo`ladi. Bunda qon aylanishi va limfa oqimi buziladi. Oqibatda nerv oxirlari atrofiyaga uchrab, o`ladi. Shundan so`ng terining muguz qavati qalinlashib, qadoqlar yuzaga keladi.

Qadoqni oddiy muolaja yordamida ketkazish mumkin. Qaynoq suv solingan kichik idishga bir qism moychechak (romashka), bir qism arg`uvon (lipa) barg yo gullari, bir qism ittikanak (chereda) solib, aralashtiring. So`ngra shu aralashmani tog`oradagi 3 litr issiq suvga soling-da, 2 osh qoshiq ichimlik sodasi qo`shing. Keyin suvga oyog`ingizni solib o`tirsangiz, qadoqlar yumshab, jilvirtosh bilan ishqalasangiz, osongina ketadi.

Limon suviga botirilgan pechakgul barglarini qadoq ustiga qo`yib, o`rab qo`ysangiz ham ular yumshaydi. So`ng ohista kesib tashlasangiz bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!