JCh–2018. Eron termasining O`zbekistonga qarshi tarkibi e`lon qilindi

11:48, 03 oktabr

Portugaliyalik mutaxassis Karlush Keyrush O`zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi o`yinlar uchun Eron milliy terma jamoasi yakuniy tarkibini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.

Jahon chempionati–2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasida “A” guruhidan o`rin olgan Eron o`zining navbatdagi uchrashuvini 6 oktyabr kuni Toshkentda O`zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o`tkazadi. 11 oktyabrda esa o`z maydonida Janubiy Koreyani qabul qiladi.

Ushbu o`yinlar uchun tarkibni ma`lum qilgan Karlush Keyrush, ushbu o`yinlar oldidan qisqacha mulohaza bildirib o`tdi.

Eron terma jamoasining O`zbekiston va Janubiy Koreyaga qarshi o`yinlar uchun tarkibi.

Darvozabonlar: Alirizo Haqiqiy (“Maritimo”, Portugaliya), Alirizo Biyronvand (“Persepolis”, Eron), Muhammadrizo Axboriy (“Traktorsoziy”, Eron).

Himoyachilar: Vuriya G`ofuriy (“Istiqlol”, Eron), Ramin Rizoiyon (“Persepolis”, Eron), Milod Muhammadiy (“Terek”, Rossiya), Sayid Og`oiy (“Traktorsoziy”, Eron), Jalol Hussayniy (“Persepolis”, Eron), Murtazo Puraliganjiy (“As Sadd”, Qatar), Muhammad Ansoriy (“Persepolis”, Eron), Izzatillo Purg`oz (“Istiqlol Xuziston”, Eron).

Yarim himoyachilar: Ehson Hojisafi (“Sepohon”, Eron), Umid Ibrohimiy (“Istiqlol”, Eron), Sayid Izzatullohiy (“Rostov”, Rossiya), Andronik Teymuryan (“Moshinasoziy”, Eron), Mehdi Turobiy (“Saypa”, Eron), Alirizo Jahonbaxsh (“AZ-Alkmaar”, Niderlandiya), Vohid Amiriy (“Persepolis”, Eron), Mehdi Torimiy (“Rizaspor”, Turkiya), Ashkan Dejaga (“Al-Arabiy”, Qatar), Ma`sud Sho`jaiy (“Panionios”, Gresiya), So`rush Rafeiy (“Traktorsoziy”, Eron).

Hujumchilar: Sardor Azmun (“Rostov”, Rossiya), Karim Ansorifard (Panionios, Gresiya), Rizo G`uchannajod (“Herenven”, Niderlandiya).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!