Baxtli juftliklar oshkor etmaydigan 10 narsa

12:02, 03 oktabr

Ba`zi bir narsalarni jamoatchilik bilan birga muhokama qilish odob-axloq me`yorlariga to`g`ri kelmaydi, ba`zan esa odamning o`zi barcha sir-asrorini oshkor etishni istamaydi, deydi “Adme.ru” nashri.

O`zingizni baxtli juftlik deb atay olishingizga nimalar sabab bo`lishini bilasizmi? Quyida berilgan misollar yordamida buni aniqlashingiz mumkin.

Baxtli juftlik uchrashganda va xayrlashayotganda bir-biri bilan iliq ko`rishib, iliq xayrlashadi, yuzlaridan tabassum arimaydi.

Baxtli juftlik hayotida yuz berayotgan voqealarni ijtimoiy tarmoqda ko`z-ko`z qilmaydi.

Baxtli juftlikning orasidan ola mushuk o`tsa-da, bir-birini sevishdan, bir-biriga g`amxo`rlik qilishdan to`xtamaydi.

Baxtli juftlik bir-birini turli erkalovchi laqablar bilan atashdan uyalmaydi.

Baxtli juftlik bir-birining kamchilik va nuqsonlarini yaxshi bilsa-da, bunga e`tibor bermaydi.

Baxtli juftlik nafaqat bayram kunlari, balki har kuni bir-birini xursand qiluvchi maqtov so`zlarni aytishdan charchamaydi.

Baxtli juftlikning qiziqishlari ham umumiy bo`ladi

Ammo shunga qaramay, ularning o`z shaxsiy hududlari ham mavjud bo`ladi.

Baxtli juftlik har qanday vaziyatda ham bir-birini qo`llab-quvvatlaydi.

Baxtli juftliklarda bir-biriga nisbatan bo`lgan muhabbat har doim birinchi o`rinda turadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!