Tramp Xillari Klintonni qamashni taklif qildi

12:31, 03 oktabr

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp uning prezident poygasidagi raqibi Xillari Klinton qamoqda o`tirishi kerakligini ma`lum qildi.

RIA Novostining xabar berishicha, ushbu taklif bilan Tramp Pensilvaniya shtati Manxeym shahrida bo`lib o`tgan tarafdorlari uchrashuvda ma`lum qildi.

“U shu qadar ko`p janjallarga aralashganki, hatto bir necha bor yolg`onlari ham fosh bo`lgan. Ammo AQSh fuqarosi sifatida guvohi bo`lgan eng dahshatli voqeam o`tgan haftada sodir bo`ldi. Federal qidiruv byurosi (FQB) u qochib qutilgan narsa haqida gapirib berganida hayratdan yoqa ushladim. U qamoqda bo`lishi kerak, ishoning”, - deydi Tramp.

U shuningdek bir qator OAVlar uning opponentini himoya qilayotganini ma`lum qildi. Xususan New York Times, Washington Post, va “CNN telekanali” Klintonning teletarmog`i sifatida faoliyat yuritayotganini ta`kidladi.

Trampning aytishicha, pochta yozishmalari bo`yicha uni aybdor deb topishgan, keyin esa buning ortidan yolg`onlar yog`ila boshlagan.

“O`ttiz uch mingta elektron xatlar o`chirib yuborildi, yo`q qilindi, kislota bilan yuvildi, keyin telefonlar sindirildi”, - deydi Tramp.

Klinton 30 mingga yaqin elektron xatlarni o`chirganini tan oldi. FQB direktori Jeyms Komi sentyabrda Klintonga nisbatan jinoiy ish ochmadi, bunga esa “ushbu ishda jinoyat alomatlari yo`q deb topilgani sabab bo`ldi”

O`zining hisobotida FQB Klinton yozishma olib borgan mobil uskunalarni izlashning imkoni yo`qligini, sababi ular yo`qolgan bo`lishi mumkinligini ma`lum qilgan. FQBning so`rovlariga javoban esa Klinton xotirasidan shikoyat qilib, bunga 4 yil muqaddam olgan miya chayqalishini sabab qilib ko`rsatgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!