Andres Inesta “Barselona” safida 600-o`yinini o`tkazdi

13:25, 03 oktabr

“Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Andres Inesta “Selta”ga qarshi (3:4) La Liga 7-turida zaxiradan maydonga tushdi. Kataloniyaliklar faxriysi, 32 yoshli xavbek jamoa libosida 600-o`yinini o`tkazdi. Bu haqda Radio France Internationale xabar bermoqda.

Intesta jamoa safida eng ko`p o`yin o`tkazgan futbolchilar orasida ikkinchi bo`lib turibdi. Ispaniyalik futbolchidan keyingi o`rinlardan Karles Puyol (593 o`yin), Migel Bernardo Byanketti (549), Lionel Messi (539) hamda Viktor Valdes (535) joy olgan.

Qayd etish kerakki, kataloniyaliklar safida eng ko`p o`yinni Xavi o`tkazgan. Uning hisobida “ko`k-anor ranglilar” tarkibida 767 ta uchrashuv bor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!