Bolangiz dars tayyorlashni istamasa…

13:57, 03 oktabr

Unga yordam berish uchun o`zingiz ham asablaringizni buzib, qiynalishingiz shart emas. Yaxshisi uyingizda shunday muhit yaratingki, uning o`zi uy vazifalarini tayyorlashaga shoshib tursin.

  • Hech qachon, masalalarni uning o`rniga echmang! Farzandingizga uyga vazifalarni bajarish uning shaxsiy majburiyati ekanini tushuntiring.
  • Maktabi yoki o`qituvchisidan shikoyat qilsa, unga yon bosmang. Darslarning ko`pligidan nolisa rahmingiz kelmasin. Va hech qachon bolangizning yonida uning maktabi yoki o`qituvchisini birovlar bilan muhokama qilmang.
  • Ammo bolaning maktabga borishni istamasligi o`z-o`zidan kelib chiqadigan erkalikgina emasligini nazardan qochirmang. Shunday ekan, buning sabablarini aniqlashtiring va farzandingizga ko`maklashning biror ilojini o`ylab toping.
  • Bolalar kimningdir nasihatgo`ylik qilishini umuman yoqtirishmaydi. Shunday ekan, maktabga yuborayotib, unga shunchaki o`qishlarida omad tilasangiz bas.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!