Farzandingiz dars qoldirmayaptimi?

14:46, 03 oktabr

Yoxud sababsiz dars qoldirgan talabaning ota-onasi 1 mln 500 ming so`mgacha jarima to`laydi

Farzandim universitetning to`rtinchi bosqichida o`qiydi, ham ishlaydi. Yaqinda meni dekanatga chaqirtirishib, o`g`lingiz juda ko`p dars qoldirayapti, uni o`qishdan chetlashitirishimiz mumkin, deyishdi. O`quv yilining boshidanoq, shunday xulosaga kelish mumkinmi? Necha soat dars qoldirish o`qishdan chetlashtirishga asos bo`lishi mumkin?

Qizlarxon Mahkamova, Shahrizabz shahri
  Yaqinda boshlangan yangi o`quv yilining ham bir oyi ortda qoldi. Mazkur muddat o`quv yilining boshi bo`lganligi bois, ta`lim muassasalarida o`quvchi va talabalarining davomati juda yaxshiligi kuzatiladi. Biroq, yuqorida keltirilgani kabi qandaydir sabab yoxud besabab o`qishga bormaslik, uzluksiz dars qoldirish o`quvchi va talabalarga nisbatan tarbiyaviy ishlar, intizomiy choralar ko`rish va hattoki  o`qishdan chetlashtirishga ham sabab bo`ladi. Biz ham bu kabi noxush holatlarni oldini olish maqsadida maktab, oliy va  o`rta maxsus ta`lim muassasalarida dars qoldirishning asoratlari xususida 2016-2017-o`quv yilining boshidanoq  berishni lozim topdik. Xususan, murojaatimiz Qarish shahridan ekanligini inobatga olib, masalaga mazkur hududda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar misolida oydinlik kiritamiz

 TALABA 74 SOAT DARS QOLDIRSA...
Nodir Xolmirzaev, Qarshi Davlat Universiteti o`quv uslubiy boshqarma boshlig`i: 

—  Oliy ta`lim muassasasi talabalariturli sabablar bilan dars soatlarini qoldirgan taqdirda,ta`lim nizomiga muvofiq ish yuritiladi. Unga ko`ra, talaba 74 soat sababsiz dars qoldirsa,talabalar safidan chetlashtiriladi. Ungacha 20 soat sababsiz o`quv mashg`ulotlariga qatnashmasa, guruh rahbari tomonidan talaba ogohlantiriladi. Shu bilan birga sababsiz dars qoldirganlik sababi o`rganiladi. Shundan keyin ham yana 20 soat dars qoldirsa,talabaning ota-onasi va mahallasi ogohlantiriladi. Agar bu ogohlantirishlarga e`tiborsiz bo`lishsa vatalaba qatnashmagan dars soatlari jami 74 soatni tashkil etsa,talaba o`qishdan chetlashtiriladi.

YoDINGIZDA TUTING!
O`quvchining ta`lim muassasasiga kelishini ta`minlamagan ota-onaga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 47-moddasi va Oila kodeksining 73-75 moddalarida belgilangan javobgarlik asoslari bo`yicha tegishli chora ko`riladi va eng kam oylik ish haqining bir barobaridan 10 barobarigacha jarima to`lanadi.

Mazkur masala yuzasidan barcha savollarga “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan 40-sonida javob topishingiz mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!