Muborak gazni qayta ishlash zavodi 3 nafar paralimpiyachiga Cobalt avtomobili sovg`a qildi

15:03, 03 oktabr

Braziliyaning Rio shahrida bo`lib o`tgan paralimpiada musobaqalarida g`olib bo`lgan sportchilar Fotima Amilova, Shohsanam Toshpo`latova  va Dmitriy Xorlinlar Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi markaziy o`yingohda minglab muxlislar qarshisida munosib taqdirlandi. Bu haqda “Mash`al” futbol klubi matbuot xizmati xabar bermoqda

Tantanali marosimni, Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Sharopovich Ro`ziev kirish so`zi bilan ochib tadbir ishtirokchilari va tashkilotchilariga o`z minnatdorchiligini bildirdi.  

Fotima Amilova,  Shohsanam Toshpo`latova  va Dmitriy Xorlinlarga  Muborak gazni qayta ishlash zavodi  tomonidan Cobalt avtomobillarini topshirildi. 

Bunga qadar O`zbekiston hukumati Rio—2016 Paralimpiadasida ishtirok etgan sportchilarni Malibu avtomashinasi hamda sovrindorlarni pul mukofoti bilan taqdirlagandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!