Taslim bo`lishdan oldin quyidagi 10 savolga javob bering

15:31, 03 oktabr

Kuz kelishi bilan har qanday odam o`zini horg`in his qiladi. Kunlar qisqarib, birpasda qorong`i tushgani uchun soat millarini ortga, bahorga surging keladi. Shunday tushkunlikka tushgan paytingizda quyidagi 10 tavsiyaga amal qilishga harakat qiling, deydi “AdMe.ru” nashri.

Agar bir yoki yarim soat ilgari bunday holat yuzaga kelgan bo`lsa, bir stakan suv ichib, erkin nafas oling.

Agar ikki-uch soat yoki undan ko`proq vaqt ilgari sodir bo`lgan bo`lsa, biror narsa tamaddi qiling, faqat murabboli buterbrod emas, oqsilli egulik iste`mol qiling. Inson miyasi g`alati xususiyatga ega. Ochlikni his qilganda u muzlatkich yoki biror kafega yo`l boshlashning o`rniga, ijtimoiy muammolarni yodingizga soladi. 

Agar uyingizga yaqin joyda sport zal yoki maydoncha bo`ladigan bo`lsa, qirq daqiqa yugurishga harakat qiling. Faol jismoniy mashqdan keyin miyangiz quvonch garmoniga ega bo`lib, qushday engil tortasiz.

Ba`zan tushkunlikka tushib, o`zimizni himoyasiz va yolg`iz his qilamiz, barcha harakatimiz besamar ketayotgandek tuyuladi. Agar shunday holatga tushsangiz xat yozing, xonalarni tozalang, “Men qanday zo`rman-a, shuncha ishni bajardim”, degan xayolga borasiz.

Tez ta`sir qilmasa-da, bir dona olma yoki nokni iste`mol qilish ham kayfiyatingizni ko`tarib, zerikish, sog`inch hissini yo`qotadi.

Tug`ilganimizdan boshlaboq, ota-onamiz yoki boshqalar tomonidan qo`llab-quvvatlanishni, maqtov gaplar eshitishni xush ko`ramiz. Voyaga etib, o`zimiz mustaqil shaxs, ota-ona bo`lganimizdan keyin o`zimizni-o`zimiz maqtashni o`rganishimiz, buni unutmasligimiz lozim. Bu balki kimgadir qiyin vazifa bo`lib tuyular, ammo tashqi qiyofamizdami yoki ichki dunyomizdami baribir o`zimizga yoqadigan biror bir xususiyatimiz bo`ladi.

Ko`ngilsiz holat ro`y berganiga olti soatdan ortiq vaqt ketgan bo`lsa, sakkiz soat uxlab olmaguncha muammoni hal etishga shoshilmang. Bir o`zingiz qaror chiqarishga qiynalsangiz, yaqin do`stingizni yordamga chaqiring, u bilan maslahatlashing. Uxlab, dam olishga, asablaringizni joyiga keltirishga harakat qiling.

O`zingizga yaqin joydan yoki ijtimoiy tarmoqdan biror do`st toping. Uning harakatlariga diqqat bilan e`tibor bering. Biror ishi yoqadigan bo`lsa, samimiy tarzda uni maqtang. Bir piyola achchiqqina choy ichib, ishingizni qolgan joyidan davom ettiring.

Ota-onasi quchoqlab, mehr ko`rsatmagan bolalar asabiy va vahimachi bo`lib voyaga etishadi. Shuning uchun ulardan mehringizni darig` tutmay quchoqlashga, erkalashga harakat qiling. Besh daqiqalik quchoqlash nafaqat dunyoni turli ko`ngilsizliklardan qutqaradi, balki sizga kuch-quvvat bag`ishlab, kayfiyatingizning ko`tarilishiga ham sabab bo`ladi. 

Agar ro`zg`or, tirikchilik tashvishlaridan charchagan bo`lsangiz, bir stakan suv ichib, yotib dam oling. Oyog`ingizni yuqoriga ko`tarib, tagiga yostiq qo`ying. Sekin va chuqur-chuqur nafas oling. Shu tarzda o`n daqiqa yoting. Nafas olish mashqlarini qaytaring, nafas olishingizga va miyangizga kelgan xayollarga e`tiborli bo`ling.
O`zingizni asrang.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!