Aktrisa Lindsi Loxan Turkiyada dam olish vaqtida barmog`idan ayrildi

15:37, 03 oktabr

Aktrisa Lindsi Loxan Turkiyada dam olayotganida chap qo`lining to`rtinchi barmog`idan ayrildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

U yaxtada sayr qilayotganda, mustaqil ravishda o`zi langarni ko`tarmoqchi bo`lgan. Oqibatda zanjirga o`ralib, suvga tushgan. Qulayotganda zanjir uzilib ketib, barmog`ini uzib yuborgan. 

Uzilgan barmoq palubadan topilgan. Loxan zudlik bilan mahalliy kasalxonaga yotqizilgan. O`tkazilgan jarrohlik operasiyasida barmoq joyiga qayta tikilgan.

Aktirisa o`zining Instagram sahifasiga bintlangan qo`li aks ettirilgan videolavhani joylashtirgan.

Lindsi Loxan bolaligidan boshlab kinoda suratga tushadi.  U 11 yoshida “Ota-onalar uchun qopqon” komediyasida bosh rolni ijro etgan (1998). Shundan keyin bir qancha mashhur filmlarda ham suratga tushgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!