Marg`ilonda yangi mehmonxona ish boshladi

17:56, 03 oktabr

Marg`ilonda “Adraslar uyi” mehmonxonasi faoliyat boshladi, deb xabar beradi O`zA. 

Usta hunarmand Ibrohim Asqarov tashabbusi bilan bunyod etilgan mehmonxona sharqona va zamonaviy me`morlik an`analarini o`zida mujassam etgan. Unda sayyohlar uchun sifatli va zamonaviy servis xizmati ko`rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan. Mehmonxonada, shuningdek, adras va atlas matolari savdosi yo`lga qo`yildi. Tashrif buyuruvchilar ushbu milliy mahsulotlarning tayyorlanish jarayoni, tarixi bilan tanishishi mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!