Avstraliyalik ayol itini himoya qilib, timsohni shippagi bilan haydadi (video)

18:06, 03 oktabr

Avstraliyaning shimolida joylashgan Kakadu nomli milliy xiyobonda sayr qilib yurgan ayol shippagi bilan timsohni haydadi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Yirtqich ayolning daryo qirg`og`ida yurgan itiga hamla qilmoqchi bo`lgan. Voqea aks etgan videolavha YouTube ijtimoiy tarmog`iga joylashtirilgan. 

Videolavha muallifi, tabiatshunos Lindon Anlezarkning ma`lumot berishicha, bu harakati bilan qanchalik o`ziga xavf tug`dirganini anglamagan. “Bunday tavakkal qilish, aqlga sig`maydigan hodisadir”, deb ta`kidlaydi muallif.   

Videorolikda 1987 yilda Sharqiy daryo tumanida timsoh insonga hujum qilib, fojia ro`y bergani haqida izoh qoldirilgan. Bu erda 120 dan ortiq sudraluvchilar mavjuddir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!