Xitoyda fojia: bir guruh sirk artistlari daryoga quladi

18:09, 03 oktabr

Xitoyda to`rt nafar dorboz sahna ko`rinishi ko`rsatayotgan vaqtda daryoga quladi, ulardan ikki nafari halok bo`ldi, deya xabar beradi xalqaro Xitoy radiosi (CRI).

RIA Novosti nashrining xabar berishicha, hodisa Sichuan provinsiyasida sodir bo`lgan. 

Hodisa sabablari hozircha noma`lum. Artistlardan biri qutqarib qolingan, yana biri bedarak yo`qolgan.

Ayni damda qidiruv ishlari davom etmoqda. Voqea yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!