Anton Chexovning maktubi 3,6 millionga sotildi

18:13, 03 oktabr

«Litfond» auksion uyida 3,6 million rublga Anton Chexovning 23 yoshda yozgan xati sotildi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Maktub u hali tanilmagan davrda, ilk kitobi chiqishidan bir yil avval yozilgan. Ushbu maktub Chexovning oilaviy do`sti Gavriil Kravsovga yo`llangan. Lotning dastlabki bahosi 2,1 million rubl deb belgilandi, savdoda uning qiymati 3,6 million rublga etdi.

Auksionda shuningdek uning ilk kitobi 1,8 million rublga sotildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!