Zara asoschisi saudiyalik magnatdan osmono`par bino sotib oldi

18:18, 03 oktabr

Zara kiyimlar do`konlari tarmog`i asoschisi Amansio Ortega Madriddagi eng mashhur osmono`par binolardan biri Torre Cepsa’ning egasiga aylandi. Biznesmen binoni 490 million evroga sotib oldi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Torre Cepsa – 2008 yilda mashhur arxitektor Norman Foster loyihasi asosida bunyod etilgan ofisli bino.

Ortega – Evropaning eng boy odamlaridan biri – u o`zining imperiyasini qurmoqda, bunga esa unga Ispaniyadagi yirik rieltorlik kompaniyasi yordam bermoqda: ko`chmas mulk bo`yicha mutaxassis saudiyalik magnatdan ushbu binoni sotib oldi.

Ispaniyalik milliarder London, Nyu-York, Madrid va Seulning markaziy tumanlarida ko`chmas mulkka ega. 

Maydonlarning katta qismini uning shaxsiy Inditex kompaniyasi egallaydi, ammo shuningdek undagi maydonlardan raqiblari, xususan H&M joy ijaraga oladi.

80 yoshli Orteganing boyligi 78,8 milliard dollarga teng.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!